Andijonda haj ziyoratiga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Andijonda haj ziyoratiga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandiAndijonda ikki fuqaroni haj safariga yubormoqchi bo'lgan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida haj ziyoratini tashkil etishni va'da qilib, fuqarolarni chalg'itgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo'lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur noqonuniy harakat Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa mutasaddi idoralar xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etildi. Surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, fuqaro M.Ch.

ikki nafar shaxsni Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga yuborish evaziga 18 000 AQSh dollari talab qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchini kelishilgan mablag'ning yarmini, ya'ni 9 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo'lga oldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan M.Ch.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya'ni firibgarlik ayblovi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish