Ispaniya, Sloveniya va Irlandiya Yevropa Ittifoqini Isroil bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasini qayta ko'rib chiqish va uni vaqtincha to'xtatib turish masalasini muhokama qilishga chaqirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu taklifni Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Yevropa Ittifoqi doirasida bildirdi. U hozirgi vaziyatni og‘ir inqiroz deb baholab, u nafaqat mintaqaviy, balki global barqarorlikka ham tahdid solayotganini ta’kidladi.
Albares YIning birlashgan va qat'iy pozitsiyasi zarurligini urg‘uladi. Vazir Livandagi vaziyatga alohida e'tibor qaratdi va mamlakat janubida xalqaro huquq normalari buzilayotganidan xavotir bildirdi.
U tinch aholining majburan ko'chirilayotgani va gumanitar holatning yomonlashayotgani haqida gapirdi. Tahlilchilarning fikricha, Agar Yevropa Ittifoqi qat'iy qaror qabul qilsa, bu nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va diplomatik munosabatlarga ham kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Isroil hozircha ushbu chaqiriqlarga rasmiy reaktsiya bildirmagan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0