Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha 54 million soʻm jarima yigʻildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha 54 million soʻm jarima yigʻildiQashqadaryoda lolaqizg‘aldoqlarga zarar yetkazgan uch kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi inspektorlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarni o‘rganib chiqdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ikki alohida holatda tabiatga har bittada 6 million 592 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.

A.J. va G.B.

ismli shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, ularga jami 20 million 600 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. M.R.

ismli shaxsga nisbatan ham shu miqdorda jarima tayinlandi. Umumiy hisobda, uchta javobgar shaxs atrof-muhitga yetkazgan zarari qoplash uchun jami 54 million 384 ming so‘m to‘lashga majbur bo‘ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish