
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizdagi savdo hamda xizmat ko‘rsatish obektlarida o‘tkazilayotgan aksiyalarning qonuniyligi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini kamsituvchi bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Xususan, mutasaddi tashkilot mutaxassislari tomonidan 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasida tashkil etilgan 116 ta aksiya hamda chegirmali savdo jarayonlari o‘rganib chiqildi.
Nazorat tadbirlari davomida 65 holatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi qayd etildi. Mazkur qoidabuzarliklar qatorida Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi Water Life Mineral kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan aksiyada yuzaga kelgan holat ham mavjud bo‘lib, unda uch nafar ishtirokchi bilan bog‘liq muammoli vaziyat yuzaga kelganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda qo‘mita tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda. Iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash borasidagi bunday nazorat tadbirlari davom ettiriladi.






Izohlar
0