A’lo natijali bitiruvchilarga imtiyozli mobil raqamlar taqdim etiladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

A’lo natijali bitiruvchilarga imtiyozli mobil raqamlar taqdim etiladiRossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi maktab bitiruvchilarining akademik yutuqlarini munosib ragʻbatlantirishga qaratilgan yangi loyihani ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur tashabbus doirasida 2026-yildan eʼtiboran Yagona davlat imtihonlarida eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan oʻquvchilarga oʻziga xos imtiyozli mobil aloqa raqamlari taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu raqamlar ketma-ket joylashgan besh raqamlaridan iborat boʻlib, bitiruvchilarning bilim yoʻlidagi muvaffaqiyatlarining ramziy belgisi sifatida xizmat qiladi.

Vazirlik rasmiylari taʼkidlashicha, ushbu loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlar oʻrtasida taʼlim sifatiga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish, ularning intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va yuqori natijalarga erishishga boʻlgan motivatsiyani ragʻbatlantirishdan iborat. Davlat darajasida amalga oshirilayotgan mazkur gʻoya oʻquvchilarning imtihon jarayonlariga boʻlgan yondashuvini yanada masʼuliyatli qilishiga hamda ularning yutuqlarini keng jamoatchilik orasida eʼtirof etishga xizmat qiladi.

Ushbu yangilik taʼlim tizimida oʻziga xos inovatsion yondashuv sifatida baholanmoqda va kelgusida bitiruvchilar uchun qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi omil boʻlishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish