
Pulni yig‘ib, yillar davomida shunchaki saqlab qo‘yish har doim ham eng yaxshi yechim emas. Masalan, bugun 10 million so‘mga oladigan narsangizni bir necha yildan keyin shu pulga ola olmasligingiz mumkin. Sababi, inflyatsiya pulning xarid qobiliyatini pasaytirib boradi.
Shuning uchun pulni shunchaki “yostiq ostida” saqlash o‘rniga, uni ko‘paytirish yo‘llarini izlash mumkin. Investitsiya shunday imkoniyatlardan biri.
Halol investitsiyani boshlash uchun quyidagi besh qadam yordam beradi.
1. Avval o‘rganing, keyin pul tiking
Birinchi aksiyani sotib olishga shoshilmaslik kerak. Aksiya nima, uning narxi nimaga qarab o‘zgaradi, dividend qanday ishlaydi, bozor tushib ketsa nima qilish kerak — avval shu asoslarni tushunib olish muhim.
Aks holda investor aksiyani nima uchun sotib olganini bilmay qolishi mumkin. Narx ko‘tarilganda hayajon bilan xarid qilish, tushganda esa qo‘rqib sotish yangi boshlovchilarda tez-tez uchraydi.
Halol investitsiyani o‘rganayotganlar uchun Akinda Akademiyasida o‘zbek va rus tillarida investitsiya asoslari hamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha kurslar mavjud.
2. Kompaniyaning biznesiga ham, moliyasiga ham qarang
Kompaniya halol mahsulot ishlab chiqarayotgani uning aksiyasi avtomatik ravishda shariat talablariga javob beradi degani emas.
Masalan, kompaniyaning asosiy faoliyati joiz bo‘lsa ham, foizli qarzi juda katta bo‘lishi yoki daromadining bir qismi shariatga mos kelmaydigan faoliyatdan kelishi mumkin.
Shu sababli halol aksiya tanlashda kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari ham tekshiriladi. Ko‘plab islomiy moliya skrininglarida qo‘llanadigan AAOIFI standartlariga ko‘ra, ayrim asosiy mezonlar quyidagilar:
- foizli qarz bozor kapitalizatsiyasining 30 foizidan oshmasligi
- naqd pul va foiz keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar 30 foizdan oshmasligi
- nojoiz faoliyatdan keladigan daromad umumiy tushumning 5 foizidan oshmasligi
Demak, kompaniyaning nomi yoki faoliyatiga qarabgina xulosa qilish yetarli emas. Raqamlarga ham qarash kerak.
3. Kerakli hisob-kitoblarni skrining orqali tekshiring
Har bir kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini ochib, kerakli ko‘rsatkichlarni qo‘lda hisoblash ancha vaqt oladi. Shu sababli shariat skriningi bilan shug‘ullanuvchi platformalar investor ishini yengillashtiradi.
Masalan, Akinda’da kompaniya nomi yoki tickerini qidirib, uning shariat bo‘yicha holatini ko‘rish mumkin. Natijada faqat “halol” yoki “halol emas” degan xulosa emas, balki bunga ta’sir qilgan moliyaviy ko‘rsatkichlar va kompaniya tahlili ham ko‘rsatiladi.

Akinda’ga halol treyding va investitsiya sohasida sakkiz yildan ortiq tajribaga ega Nurmuhammad Ismoilov asos solgan. Loyiha Zo‘r TV telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida namoyish etilib, ikki investordan sarmoya jalb qilgan.
Akinda’ning yana bir jihati platforma faqat mahalliy bozor bilan cheklanmaydi. U global fond bozoridagi kompaniyalarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanuvchilar undan o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanishlari mumkin.
Shuni ham unutmaslik kerak: turli skrining platformalarida hisoblash usullari farq qilishi mumkin. Ayniqsa, mezon chegarasiga yaqin kompaniyalarda natijalar bir xil chiqmasligi ehtimoli bor.
4. Barcha pulni bitta aksiyaga qo‘ymang
Yaxshi ko‘ringan kompaniyaning aksiyasi ham tushib ketishi mumkin. Kompaniyaning o‘zidagi muammolar, iqtisodiy vaziyat yoki bozordagi o‘zgarishlar bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun mablag‘ni turli kompaniya va sohalarga taqsimlash — diversifikatsiya — xavfni kamaytirishning keng qo‘llanadigan usullaridan biri.
Portfelni o‘zi tuzishga qiynalayotganlar Akinda’dagi tayyor portfellarni ko‘rib chiqishi mumkin. Shuningdek, halol aksiyalar ro‘yxati ham mustaqil izlanish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘la oladi.
Bu ro‘yxatlar investitsiya tavsiyasi emas. Har bir investor kompaniya va uning xavflarini o‘zi o‘rganib, qaror qilishi kerak.
5. Aksiyani sotib olgach ham kuzatib boring
Aksiyaning shariat bo‘yicha holati doim bir xil bo‘lib qolmasligi mumkin. Kompaniya yangi qarz olishi, moliyaviy ko‘rsatkichlari yoki daromad tarkibi o‘zgarishi mumkin.
Shuning uchun portfelni vaqti-vaqti bilan qayta tekshirib turish muhim.
Akinda’da yangi moliyaviy hisobotlar chiqqani sari ma’lumotlar yangilanadi. Brokerlik hisobini ulash orqali aktivlarni bir joydan kuzatish, grafiklar va bozor signallarini tahlil qilish mumkin. Ayrim strategiyalarni real pul tikishdan oldin tarixiy ma’lumotlarda backtesting orqali sinab ko‘rish ham mumkin.
Yana bir jihat — “daromadni tozalash”. Shariat talablaridan o‘tgan kompaniyaning daromadida ham nojoiz faoliyatdan kelgan kichik ulush bo‘lishi mumkin. Ko‘plab ulamolar bunday holatda dividendning shu qismiga mos miqdorni sadaqa qilishni tavsiya qiladi. Aniq hisob-kitob va diniy masalada esa malakali mutaxassis yoki olim bilan maslahatlashish ma’qul.
Bu hisob-kitobni osonlashtirish uchun Akinda’da Purification Calculator ham mavjud. Undan tashqari, platformada Zakat Calculator orqali zakot miqdorini, Investing Calculator orqali esa investitsiya natijalarini hisoblash mumkin. Ya’ni Akinda faqat aksiya shariat talablariga mos yoki mos emasligini tekshirish bilan cheklanmay, halol investitsiya jarayonining boshqa bosqichlarida ham foydalanish mumkin.
Investitsiyani boshlash uchun nimadan boshlash kerak?
Katta pul tikishdan oldin investitsiya asoslarini o‘rganing, kompaniyalarni tahlil qilishni tushuning va shariat skriningi qanday ishlashini bilib oling. Keyin imkoniyatingizga qarab, kichik summadan boshlashingiz mumkin.
Akinda ilovasini App Store va Google Play orqali yuklab olish yoki akinda.io saytida kompaniyalarni ko‘rib chiqish mumkin. Kompaniyalar va fintech loyihalari uchun esa Akinda API orqali 20 mingdan ortiq aksiya va ETF bo‘yicha shariat xulosalarini o‘z mahsulotlariga ulash imkoniyati mavjud.
Ushbu material ma’lumot berish maqsadida tayyorlangan va investitsiya maslahati yoki diniy fatvo hisoblanmaydi. Avtomatlashtirilgan skrining malakali ulamo bilan maslahatlashish o‘rnini bosmaydi.






Izohlar
0