Xitoylik milliarder o‘g‘lini nega kambag‘al qilib tarbiyalaganini tushuntirdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish6

Xitoylik milliarder o‘g‘lini nega kambag‘al qilib tarbiyalaganini tushuntirdi

Xitoylik milliarderning o‘z farzandiga boylik qadr-qimmatini o‘rgatish maqsadida qo‘llagan usuli ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mala Prince nomli mashhur achchiq sneklar brendi asoschisi, 51 yoshli Chjan Yuy Dun o‘g‘li Chjan Szi Lu voyaga yetguniga qadar oilaning moliyaviy ahvoli juda og‘ir ekanligiga uni ishontirib kelgan. Tadbirkor o‘z biznesini aynan o‘g‘li dunyoga kelgan yili tashkil etgan bo‘lsa-da, yillar davomida farzandiga kompaniya katta qarzlarga botgani va moliyaviy qiyinchiliklar girdobida qolganini uqtirib kelgan.

Ushbu tarbiya usulining asosiy maqsadi o‘g‘lini hashamatli hayotga o‘rganib qolishdan asrash va mehnatkashlik fazilatlarini shakllantirish bo‘lgan. Chjan Yuy Dun farzandi boylikka o‘ch bo‘lib qolmasligi va har bir tiyinning qadriga yetishi uchun ataylab shunday qadam tashlaganini ta’kidlaydi.

Ota o‘zining bu qilmishi o‘g‘lining kelajakda mustaqil shaxs bo‘lib yetishishiga hamda biznesdagi muvaffaqiyatlarning osonlikcha kelmasligini anglab yetishiga xizmat qilganiga ishonadi. Hozirgi kunda ushbu oilaviy tarbiya usuli ko‘plab ota-onalar va internet foydalanuvchilari o‘rtasida turli bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish