Xitoylik er-xotinning hayratlanarli darajadagi o‘xshashligi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Xitoylik er-xotinning hayratlanarli darajadagi o‘xshashligi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Xitoyning Guandun viloyatida istiqomat qiluvchi yosh juftlik o‘zlarining tashqi ko‘rinishidagi hayratlanarli o‘xshashlik sababli ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari diqqat markaziga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur juftlikni kuzatgan ko‘plab insonlar ularni er-xotin emas, balki uzoq yillar avval turli sabablar bilan bir-biridan ayrilib qolgan egizaklar deya taxmin qilmoqda. Yigirma yoshlar atrofida bo‘lgan Lyan Sayyu va Xe Syanshen ayni damda Guandun viloyatining Dunguan shahrida dorivor o‘simliklar savdosi bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Ularning yuz tuzilishi, ko‘z qarashlari va hatto jilmayishidagi o‘xshashliklar shunchalik yaqqolki, bu holat internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik internet foydalanuvchilari ushbu tasodifiy o‘xshashlikni taqdir taqozosi deb atashmoqda.

Hozirgi kunda mazkur oilaviy juftlik o‘zlarining kundalik hayot tarzi va faoliyati bilan jamoatchilik e’tiborini tortishda davom etmoqda. Ularning tashqi qiyofasidagi bu darajadagi o‘xshashlik biologik jihatdan ham ko‘plab qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish