Ukraina diplomatlari AQSh sobiq prezidenti Donald Trampni o‘z tomoniga og‘dira olish uchun g‘ayrioddiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Xalqaro matbuot xabarlariga ko‘ra, Kiyev muzokarachilari Donbassning bir qismini «Donnilend» deb nomlashni taklif qilgan. Bu atama «Donbass» va «Donald» so‘zlarining birlashmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «Disneylend» bog‘i nomiga ishora qiladi.
Taklif qilinayotgan hudud uzunligi 80 kilometr va kengligi 60 kilometrni tashkil etadi. U hozirda qisman vayronaga aylangan va aholi zichligi past.
Ukrainaning strategiyasi ushbu nom orqali Trampning shaxsiy hissiyotlariga ta’sir o‘tkazish va uni o‘z pozitsiyasiga jalb qilishdan iborat. Tashabbus dastlab hazil tariqasida paydo bo‘lgan, ammo keyinchalik jiddiy muzokaralar strategiyasining bir qismiga aylangan.
Kiyev bu hududni hech qanday davlatning to‘liq nazorati ostida bo‘lmagan zona sifatida qoldirishni va buni Trampning shaxsiy diplomatik g‘alabasi sifatida ko‘rsatishni maqsad qilgan. Ukraina tomoni sun’iy intellekt yordamida «Donnilend» uchun maxsus bayroq va madhiya ham yaratgan.
Biroq fevral oyidan boshlab muzokaralar jarayoni sekinlashgan. Kiyev hozirda AQShdan Rossiyaning Donbassdagi talablarini yumshatish bo‘yicha yordam kutmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0