
Ming yillik tarixga ega diniy manbalar va jahon arxeologiyasi doirasida eng katta sir-sinoat sanalgan afsonaviy Nuh kemasining aniq joylashuvi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Britaniyaning Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Noah's Ark Scans deb nomlangan mustaqil tadqiqot guruhi vakillari mazkur masala bo‘yicha muhim xulosalarga kelishgan. Izlanishlar Turkiya hududidagi Durupinar geologik tuzilmasida olib borildi.
Ushbu hudud o‘zining ulkan qayiq shaklidagi ko‘rinishi bilan uzoq yillardan buyon olimlar va tadqiqotchilar e’tiborini tortib kelayotgan edi. Tadqiqot guruhi a’zolari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ushbu hududda chuqur radiolokatsion skanerlash ishlarini amalga oshirishdi.
Olingan natijalar geologik tuzilma ostida sun’iy kelib chiqishga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ekt mavjudligini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ushbu topilmani Nuh kemasi qoldiqlari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Hozirgi kunda mazkur hududda arxeologik ishlar va aniqlashtirish jarayonlari davom ettirilmoqda. Ilmiy hamjamiyat ushbu kashfiyotning haqiqiyligini tasdiqlash uchun chuqur tahlil va o‘rganishlar zarurligini ta’kidlamoqda.
Agar mazkur tadqiqot o‘z tasdig‘ini topsa, bu jahon tarixi va arxeologiyasida inqilobiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.






Izohlar
0