Saudiya Arabistoni nepallik yigitning hayotini tubdan o‘zgartirdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Saudiya Arabistoni nepallik yigitning hayotini tubdan o‘zgartirdi

Internet tarmog‘ida millionlab insonlar e’tiborini tortgan va ko‘plab qalbni larzaga solgan mashhur videolavha ko‘pchilikning yodida bo‘lsa ajab emas. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda notinchliklar va tartibsizliklar avj olgan og‘ir damlarda nepallik bir yigit ko‘rsatgan jasorat chinakam matonat namunasi sifatida baholandi. Bir oyog‘idan ayrilganiga qaramay, u hech qanday qo‘rquvga berilmay, yolg‘iz o‘zi masjid ostonasida qat’iyat bilan turdi va ibodatxonani himoya qildi.

Uning bu qahramonligi qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlar orqali butun dunyoga tarqalib, insoniylik va fidoyilik ramziga aylandi. Yigitning o‘z e’tiqodiga bo‘lgan sodiqligi hamda o‘zgalar tinchligini o‘z xavfsizligidan ustun qo‘yishi ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan yuksak baholandi.

Bu voqea murakkab vaziyatlarda ham inson o‘z qadriyatlarini saqlab qolishi hamda qiyinchiliklarga qaramay, mardlik ko‘rsatishi mumkinligini yana bir bor isbotladi. Ushbu tasvirlar nafaqat bir masjidning himoyasi, balki umuminsoniy qadriyatlarning himoyasi sifatida tarixda qoldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish