Ronaldu va Jorjinaning to‘yi atrofidagi mish-mishlar haqiqatga yaqinmi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Ronaldu va Jorjinaning to‘yi atrofidagi mish-mishlar haqiqatga yaqinmi

Krishtianu Ronaldu va uning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodrigesning nikoh to‘yi joriy yilning 8 avgust sanasida Madeyra orolida bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayrim manbalar ushbu tantanali marosimga Konor Makgregor, Habib Nurmagomedov, Rianna hamda Dreyk kabi jahon miqyosidagi taniqli shaxslar taklif etilganini da’vo qilmoqda. Shunga qaramay, mazkur ma’lumotlar hozircha hech qanday rasmiy asosga ega emas.

Ronaldu va Rodriges juftligi to‘yning aniq sanasi, mehmonlar ro‘yxati yoki bo‘lajak ziyofatning o‘tkazilish joyi borasida biror bir bayonot bergani yo‘q. Ayniqsa, UFC tashkilotining ikki sobiq chempioni Habib Nurmagomedov va Konor Makgregorning bir davrada ko‘rinish berishi mumkinligi haqidagi taxminlar jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa-da, bu xabarlar hozircha faqat mish-mishlar darajasida qolmoqda.

Futbolchi va uning oilasi shaxsiy hayotlari bilan bog‘liq bu kabi muhim voqealar yuzasidan sukut saqlashni afzal ko‘rishmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish