
Orkalar o‘zlarining murakkab ov qilish strategiyalari va yuqori intellektual salohiyati bilan yana bir bor ilmiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Kaliforniya ko‘rfazida olib borilgan uzoq muddatli kuzatuvlar jarayonida mazkur dengiz yirtqichlarining ulkan quyosh balig‘ini o‘ziga xos usulda ovlash va uni bo‘laklarga ajratib iste’mol qilish jarayoni ilk bor yuqori aniqlikdagi kameralar orqali muhrlandi. Tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ikki alohida hodisada orkalarning o‘zaro muvofiqlashgan harakatlari kuzatilgan.
Unga ko‘ra, birinchi orka o‘lik quyosh balig‘ini ushlab turgan vaqtda, ikkinchi orka katta tezlikda harakatlanib kelgan hamda o‘ljaga kuchli zarba bergan. Natijada yirik baliq kichik qismlarga ajralib ketgan.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu kabi xatti-harakatlar orkalarning ozuqa topish jarayonida hamkorlik qilish va fizik kuchdan samarali foydalanish qobiliyatini yaqqol namoyon etadi. Mazkur holat dengiz ekotizimidagi yirtqichlar hayotini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.






Izohlar
0