Melaniya Tramp Oq uyda yangi asalari uyasini o'rnatdi

0
Melaniya Tramp Oq uyda yangi asalari uyasini o'rnatdiMelaniya Tramp Oq uyda prezident qarorgohi shaklidagi yangi asalari uyasini o'rnatdi AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uyning Janubiy maysazorida o'tkazilgan maxsus tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadbir davomida hududda prezident qarorgohi ko'rinishidagi yangi asalari qutisi joylashtirildi. Mazkur tashabbus natijasida Oq uy hududidagi asalari oilalari soni to'rttaga yetdi.

Ushbu asalarilar polizlar, gulzorlar va Milliy alleyadagi o'simliklarni changlatish orqali mahalliy ekotizim barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, qulay iqlim sharoitida yillik asal yetishtirish hajmi 100 kg dan oshishi mumkin.

Yangi o'rnatilgan uya hisobiga ushbu ko'rsatkich yana taxminan 13,5 kg ga ko'payishi kutilmoqda. Yig'ib olingan mahsulot Oq uy ehtiyojlari uchun sarflanadi, uning muayyan qismi esa mahalliy oziq-ovqat korxonalariga taqdim etiladi.

Associated Press agentligi ushbu tashabbusni yaqin kunlarda kutilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlikning bir qismi sifatida baholamoqda. Xususan, asalarichilikni qo'llab-quvvatlashi bilan tanilgan Qirol Karl III va Qirolicha Kamilla tashrifi oldidan bu qadam ekologik hamda ramziy ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, Donald Tramp ishtirok etgan tadbirda yuz bergan otishma voqeasidan so'ng, oliy darajadagi tashrif dasturiga ayrim o'zgartirishlar kiritilishi ehtimoli mavjud. Oq uydagi ushbu loyiha nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki diplomatik aloqalarda barqarorlik va hamkorlik belgisi sifatida ko'rilmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Dunyo yangiliklari