Kolumbiyalik ayol g‘iybatlarni daromad manbaiga aylantirib muvaffaqiyat qozondi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Kolumbiyalik ayol g‘iybatlarni daromad manbaiga aylantirib muvaffaqiyat qozondi

Kolumbiyada yashovchi 67 yoshli ayol o‘ziga xos va kutilmagan biznes g‘oyasi bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U mahalladagi g‘iybatlarni tizimlashtirib, ularni daromad manbaiga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Har kuni tongda u o‘z uyi oldiga chiqib, qo‘shnilar o‘rtasidagi kundalik suhbatlarni diqqat bilan kuzatadi va eshitgan barcha ma’lumotlarni maxsus bloknotiga qayd etib boradi.

Ayol nafaqat og‘zaki xabarlarni, balki mahalladagi insonlarning fotosuratlarini ham yig‘adi. U kim bilan qanday munosabatda ekanligini, kim qayerga borgani yoki nima ish qilgani kabi tafsilotlarni tahlil qilib, ularni tartibga soladi.

Ushbu g‘ayritabiiy faoliyat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik mazkur holatni shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz deb baholayotgan bo‘lsa, ayrimlar buni o‘ziga xos tadbirkorlik namunasi sifatida talqin qilmoqda.

Ayni damda ushbu ayolning qilmishlari mahalliy aholi orasida ham jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish