Janubiy Koreyada sekin yuruvchilar uchun alohida yo‘laklar tashkil etildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Janubiy Koreyada sekin yuruvchilar uchun alohida yo‘laklar tashkil etildiJanubiy Koreya shaharlaridagi vokzallar hamda gavjum ko‘chalarda piyodalar harakatini tartibga solish maqsadida yangi tashabbus sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha doirasida sekin yuradigan piyodalar uchun alohida yo‘laklar ajratilmoqda. Mazkur infratuzilma yechimi, birinchi navbatda, keksalar, chamadon ko‘targan sayyohlar hamda bolalar aravachasidagi ota-onalar uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.

Mutaxassislar fikricha, piyodalar oqimini harakat tezligiga qarab saralash shoshayotgan va sekin yurayotgan insonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini oladi hamda tirbandliklarni sezilarli darajada kamaytiradi. Ayniqsa, aholisi zich yirik shaharlarda mazkur tizim piyodalar o‘rtasidagi noqulayliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiylarning qayd etishicha, bu kabi chora-tadbirlar odamlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunmovchiliklar va asabiylikni pasaytirib, shahar muhitidagi umumiy stress darajasini yumshatishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan sinov jarayonlari ijobiy natija bersa, sekin yuruvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus yo‘laklar mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish