Dunyodagi eng go‘zal ayollar yashaydigan davlatlar reytingi e’lon qilindi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish5

Dunyodagi eng go‘zal ayollar yashaydigan davlatlar reytingi e’lon qilindiWorld Population Review tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tahliliy tadqiqot natijalariga ko‘ra, Kolumbiya dunyodagi eng go‘zal ayollar istiqomat qiladigan mamlakat deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reytingni tuzishda ekspertlar demografik ma’lumotlar, ijtimoiy so‘rovlar natijalari, xalqaro go‘zallik tanlovlaridagi ko‘rsatkichlar hamda mashhur shaxslarning kelib chiqishi kabi omillarni kompleks tahlil qildilar. E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, birinchi o‘nlikdan Kolumbiya, Polsha, Gretsiya, Rossiya, Chexiya, Shvetsiya, Islandiya, AQSH, Braziliya va Yaponiya davlatlari joy olgan.

Reytingning keyingi pog‘onalarida Venesuela, Albaniya va Ispaniya vakilalari qayd etilgan. Mutaxassislarning fikricha, Lotin Amerikasi ayollari o‘ziga xos jozibasi bilan ajralib turadi.

Masalan, Braziliya Jizel Byundxen va Adriana Lima kabi dunyoga mashhur supermodellar yurti sifatida tanilgan. Kolumbiya esa Shakira va Sofiya Vergara kabi xalqaro miqyosdagi yulduzlarning vatani sifatida e’tirof etiladi.

Tadqiqotda fransuz ayollarining nafosati ham alohida ta’kidlab o‘tilgan bo‘lib, bu borada Brijit Bardo, Katrin Denyov va Marion Kotiyyar kabi san’atkorlar misol keltirilgan. Fransiya mazkur ro‘yxatda 12-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Germaniya undan yuqoriroq pog‘onadan joy olgan.

Shuningdek, Monika Belluchchi, Sofi Loren va Izabella Rossellini kabi nomlar bilan mashhur bo‘lgan italiyalik ayollarning go‘zalligi ham ekspertlar tomonidan yuqori baholangan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish