Britaniyalik Xyugo dunyodagi eng baland tirik ot deb topildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Britaniyalik Xyugo dunyodagi eng baland tirik ot deb topildi

Buyuk Britaniyaning Northamptonshire grafligida istiqomat qiluvchi Xyugo laqabli ot dunyodagi eng baland tirik ot sifatida e’tirof etilib, Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Guinness World Records rasmiy manbasi ma’lum qildi. Shayr zotiga mansub bo‘lgan to‘rt yoshli mazkur hayvonning bo‘yi 1,99 metrni tashkil etadi.

Rekord ko‘rsatkichi otning tuyog‘idan to yelka suyagining eng yuqori nuqtasigacha bo‘lgan masofani o‘lchash orqali aniqlangan. Rasmiy o‘lchov ishlari 2025 yil 2 dekabr kuni amalga oshirilgan.

Mutaxassislar tomonidan qayd etilgan bu natija Xyugoni o‘z turkumidagi eng yirik jonivorga aylantirdi. Hozirgi kunda ushbu ot o‘zining jismoniy o‘lchamlari bilan xalqaro darajada e’tibor qozonib, rekordlar ro‘yxatida munosib o‘rin egalladi.

Ushbu voqea otlar dunyosidagi o‘ziga xos yutuq sifatida qayd etildi va ko‘plab kuzatuvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish