Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan tarixiy Ayo Sofiya masjidida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq noxush holat qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur ibodatxona hududida Injil kitobidan parchalar o‘qigan ikki nafar Rossiya fuqarosi mahalliy huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirgi vaqtda ushbu shaxslar mamlakatdan chiqarib yuborilishi kutilayotgan xorijliklar saqlanadigan maxsus muassasaga joylashtirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Moskva shahridan ta’tilni o‘tkazish maqsadida kelgan 35 yoshli Viktoriya hamda 32 yoshli Igor joriy yilning 14 iyul sanasida Ayo Sofiya masjidiga tashrif buyurishgan. Tashrif davomida ular tomonidan amalga oshirilgan mazkur harakatlar masjid tartib-qoidalariga zid deb topildi.
Hozirda tegishli idoralar tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu shaxslarning kelgusidagi taqdiri qonunchilik doirasida hal etiladi va ularning deportatsiya qilinishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur hodisa sayyohlarning tarixiy va diniy obidalarni ziyorat qilish chog‘ida mahalliy qonun-qoidalarga qat’iy rioya qilishlari muhimligini yana bir bor eslatib o‘tdi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0