AQSHda tashlandiq kemadan oltmish nafar mushuk qutqarib olindi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

AQSHda tashlandiq kemadan oltmish nafar mushuk qutqarib olindi

AQSHning Vashington shtati qirg‘oqlarida qarovsiz qolgan kemadan o‘nlab mushuklar topilib, xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

CBS News agentligining mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida jami 60 ta jonivor aniqlangan. Uzunligi 12 metrni tashkil etuvchi mazkur kema avgust oyi boshida Takoma shahri yaqinidagi Ouen sohilida topilgan.

Politsiya xodimlari 6 avgust kuni kelib tushgan xabar ortidan voqea joyiga yetib borgan va tekshiruv jarayonida kemaning ichki qismida og‘ir sanitariya sharoitida saqlanayotgan mushuklarni topishgan. Hozirda ushbu hayvonlarning sog‘lig‘i va kelgusi taqdiri bilan bog‘liq ishlar tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Qayiqning nima sababdan sohil bo‘yida tashlab ketilgani hamda jonivorlarning bunday holatga tushib qolishi yuzasidan huquq-tartibot idoralari o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda.

Mushuklarning barchasi qutqarilib, ularga zarur yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish