AQSHda bir sutka tuproq ostida qolgan chaqaloq qutqarib olindi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

AQSHda bir sutka tuproq ostida qolgan chaqaloq qutqarib olindi

AQSHning Janubiy Karolina shtatida yuz bergan mudhish voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘n bir oylik chaqaloq qariyb bir sutka davomida yer ostida qolib, mo‘jiza tufayli omon qolgan. Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Koa Sharp ismli go‘dak 9 noyabr kuni bedarak yo‘qolgan.

Tergov xulosalariga ko‘ra, bola otasi Maykl Komer qaramog‘ida bo‘lgan vaqtda g‘oyib bo‘lgan. Onasi ish joyida bo‘lgan paytda sodir etilgan ushbu jinoyat tafsilotlari huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Qidiruv ishlari natijasida chaqaloq o‘rmon hududidan topilgan. Jinoyatchilar go‘dakni sochiqqa o‘rab, itlar uchun mo‘ljallangan qafas ichiga joylagan va tuproqqa ko‘mib tashlashgan.

Qariyb yigirma to‘rt soat davomida yer ostida qolgan bola qutqaruvchilar tomonidan tirik holda topilgan. Ayni damda chaqaloq shifokorlar nazoratida bo‘lib, uning ahvoli va voqea yuzasidan barcha zaruriy ekspertizalar o‘tkazilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mazkur holat yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atib, tergov harakatlarini davom ettirmoqda. Mazkur hodisa hudud aholisi va keng jamoatchilik orasida katta rezonans keltirib chiqardi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish