
O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan bahsda Qarshining Nasaf jamoasi safarda Buxoro klubi bilan kuch sinashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
G‘oyat murosasiz kechgan mazkur qarama-qarshilikda mehmonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Nasaf bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Tajribali mutaxassis o‘yin tafsilotlariga to‘xtalar ekan, jamoa boshidan kechirgan qiyinchiliklarga alohida urg‘u berdi. Xususan, safar oldidan yuzaga kelgan logistik muammolar, jumladan, aeroportda sakkiz soat kutishga majbur bo‘lingani futbolchilarning jismoniy holatiga ta’sir qilmay qolmaganini ta’kidladi.
Shuningdek, tarkibdagi ayrim o‘yinchilarning jarohati sababli safdan chiqqani jamoa uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lganini qayd etdi. Shunga qaramay, murabbiy o‘z shogirdlarining matonati va yakuniy natijani ta’minlashdagi professionalligini yuqori baholadi.
Ro‘ziqul Berdiyev murabbiylik faoliyatidagi murakkab vaziyatlar va g‘alabaga erishish yo‘lida duch kelinayotgan turli to‘siqlar xususida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.






Izohlar
0