
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini «Manchester Siti» klubiga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Mutaxassis klubdagi moliyaviy qoidabuzarliklarda o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Ma’lumki, «Manchester Siti» jami 115 ta moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanib, ulardan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Mazkur ish doirasida Manchinining klubdagi faoliyati davrida tuzilgan ikkinchi shartnoma bilan bog‘liq gumonlar ham jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. «Goal» nashri xabariga ko‘ra, italiyalik murabbiy bu borada quyidagilarni qayd etdi: «Men «Manchester Siti» aybdor deb topilganiga ishonmayman, aksincha, vaziyat boshqacha.
Bu mening faoliyatimga daxldor masala emas va bu yangilik ham emas. Ikkinchi shartnoma masalasi meni qiziqtirmaydi, agar bu kimnidir tashvishga solayotgan bo‘lsa, u holda javobni klub rahbariyatidan izlash kerak».
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Manchini «shaharliklar» safida ishlagan vaqtida ikkita shartnomaga ega bo‘lgan. Birinchisi – yillik 1,69 million yevrolik rasmiy bitim, ikkinchisi esa Abu-Dabining «Al-Jazira» klubi bilan tuzilgan qo‘shimcha kelishuvdir.
Ushbu ikkinchi shartnomaga ko‘ra, murabbiy yiliga atigi to‘rt kunlik konsultatsiya uchun 2,03 million yevro olgan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, ushbu mablag‘lar aslida «Manchester Siti» bilan bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar tomonidan moliyalashtirilgan.






Izohlar
0