"Nottinhem Forest" safarda "Sanderlend" ustidan yirik g'alaba qozondi

0
"Nottinhem Forest" safarda "Sanderlend" ustidan yirik g'alaba qozondi
Angliya chempionatining 34-turi doirasida "Sanderlend" hamda "Nottinhem Forest" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur bahsda mehmonlar raqib darvozasiga javobsiz beshta gol urib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida "Sanderlend" himoyachisi Trey Hyum o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va mehmonlarning hisubda oldinga chiqib olishiga sababchi bo‘ldi.

31-daqiqada Kris Vud Morgan Gibbs-Uaytning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Gibbs-Uaytning o‘zi ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Igor Jezus to‘rtinchi golni urgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Elliot Anderson yakuniy nuqtani qo‘ydi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "Nottinhem Forest" ochkolarini 39 taga yetkazib, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

46 ochkoga ega "Sanderlend" esa 11-pog‘onadan joy olgan. O‘yin "Stedium of Layt" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari