Myunxenning Bavariya klubi yarim himoyachisi Maykl Olise o'zining kelajagi bilan bog'liq mish-mishlarga yakun yasadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
So'nggi vaqtlarda Ispaniyaning Real Madrid jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish ortib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, Fransiya terma jamoasi a'zosi barcha takliflarni rad etib, faoliyatini Germaniya grandida davom ettirishga qaror qildi.
Sky Sports va Goal.com nashrlari tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Myunxen jamoasi loyihasiga ishonch bildirmoqda va joriy mavsumda klub safida qolishni rejalashtirgan. Eslatib o'tamiz, 2024-yilda Angliyaning Kristal Pelas klubidan Bavariya safiga kelib qo'shilgan iqtidorli o'yinchi qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy tarkibidan joy egallashga muvaffaq bo'ldi.
Uning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi hamda maydondagi samarali o'yinlari murabbiylar shtabining ishonchini qozongan. Shu boisdan, Madrid klubining urinishlariga qaramay, Olise ayni damda faqat Bavariya tarkibida o'z mahoratini namoyish etishga diqqatini qaratgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0