Maykl Olise Bundesliga futbolchilari talqiniga ko‘ra eng yaxshi o‘yinchi deb topildi

Aziz Karimov2 daqiqalik o'qish

Maykl Olise Bundesliga futbolchilari talqiniga ko‘ra eng yaxshi o‘yinchi deb topildi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Maykl Olise Germaniya Bundesligasi futbolchilari o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada mavsumning eng yaxshi maydon o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda nufuzli Kicker nashri xabar berdi. Mazkur so‘rovnomada jami 199 nafar professional futbolchi ishtirok etdi.

"Bavariya" vakili 81 ta ovoz (40,7 foiz) to‘plab, o‘z raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni "RB Leyptsig" futbolchisi Yan Diomande (15,1 foiz) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka "Gamburg" a’zosi Luka Vushkovich (11,1 foiz) yakun yasadi.

Chempionatning eng yaxshi to‘purari Garri Keyn esa atigi 10,1 foiz ovoz bilan to‘rtinchi pog‘onada qoldi. Beshinchi o‘rinni Luis Dias (4,5 foiz) band etdi.

Shu tariqa, so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi beshlikdan "Bavariya"ning uch nafar vakili o‘rin oldi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Olise ushbu so‘rovnomada ikkinchi o‘rinni egallab, Florian Virtsga imkoniyatni boy bergan edi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi Bundesligada 37 ta samarali harakatni amalga oshirdi: u 15 ta gol urib, 22 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Taqqoslash uchun, avvalgi mavsumda futbolchi 12 ta gol va 19 ta golli uzatma bilan cheklangan edi.

Avvalroq, Germaniya futbol ligasi 24 yoshli futbolchini mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’lon qilgan edi. Endilikda esa ushbu e’tirof uning maydondagi hamkasblari tomonidan ham tasdiqlandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish