
Portugaliyalik taniqli murabbiy Joze Mourinyo Madridning Real klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Ispaniya grandi o‘zining rasmiy sayti orqali ma’lum qildi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2029-yilning iyun oyigacha, ya’ni uch mavsumga mo‘ljallangan.
Mazkur qaror payshanba kuni klub prezidenti Florentino Peres raisligida o‘tgan direktorlar kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. Kelishuvga ko‘ra, tajribali mutaxassis o‘z ish faoliyatini 13-iyuldan boshlaydi.
Aynan shu kundan e’tiboran Madrid jamoasi 2026/2027-yilgi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonlarini rasman yo‘lga qo‘yadi. Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo bungacha ham Real klubini boshqargan.
U 2010-2013-yillar oralig‘ida jamoa bilan birga Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi hamda Ispaniya Superkubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi. Mutaxassisning qirollik klubiga qaytishi muxlislar va futbol jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Endilikda barcha e’tibor jamoaning yangi mavsumdagi o‘yinlari va Mourinyoning taktik qarorlariga qaratilgan.