
"Oltin to‘p" sovrini uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etgan ispaniyalik taniqli jurnalist Xose Feliks Dias o‘z tanlovi bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Diario AS nashri vakili bo‘lgan jurnalist o‘z reytingida birinchi o‘ringa fransiyalik hujumchi Kilian Mbappeni, ikkinchi o‘ringa esa "Barselona" klubining yosh iqtidor egasi Lamin Yamalni munosib ko‘rganini ma’lum qildi. Barca Universal nashri xabariga ko‘ra, Dias o‘z qarorini quyidagicha asoslagan: "Agar gap joriy mavsumdagi ko‘rsatkichlar haqida ketganda edi, men ikkilanmasdan Lamin Yamal nomini keltirgan bo‘lardim.
Biroq, biz o‘tgan mavsum natijalarini tahlil qilmoqdamiz. O‘sha davrda Mbappe Yamaldan ustunroq edi.
Men Lamin 2026-yilgi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safidagi boshqa sheriklaridan yaqqol ajralib turdi, deb hisoblamayman. Ispaniyaning g‘alabasi jamoaviy harakatlar mahsuli bo‘ldi.
Mbappe esa mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘lish bilan birga, Fransiya terma jamoasini yarim finalgacha yetakladi. Shu bois, men Kilianni o‘tgan mavsumdagi eng barqaror o‘yinchi deb bilaman".
Ma’lumot uchun, ovoz berish yakunlariga ko‘ra, "Oltin to‘p" sovrini Garri Keynga nasib etdi. Kilian Mbappe ikkinchi, Lamin Yamal esa kuchli uchlikni yakunladi.






Izohlar
0