Kruiz kompaniyasi moliyaviy muammolar sabab yo‘lovchilarni qirg‘oqda qoldirdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Kruiz kompaniyasi moliyaviy muammolar sabab yo‘lovchilarni qirg‘oqda qoldirdi

Okean bag‘rida osoyishta va betashvish sayohat qilishni niyat qilgan yuzlab insonlarning rejalari kutilmagan noxush holat sabab barbod bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

MV Odyssey hashamatli kruiz laynerida sayohat qilayotgan qariyb 200 nafar yo‘lovchi Kambodja qirg‘oqlarida kemadan tushirib qoldirildi. Ushbu vaziyatga AQSHning Villa Vie Residences operator kompaniyasi tomonidan yo‘lovchilarga taqdim etilgan tushuntirishlar sabab bo‘ldi.

Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab yoqilg‘i narxlarining keskin oshishi va operatsion xarajatlarning me’yordan ortib ketishi kompaniya moliyaviy barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Natijada, korxona ortiqcha xarajatlarni qoplay olmasligini bildirib, kruiz dasturini to‘xtatishga qaror qildi.

Mazkur qaror laynerdagi yo‘lovchilar uchun kutilmagan holat bo‘lib, ularning uzoq muddatli sayohat rejalarini to‘liq o‘zgartirib yubordi. Hozirgi vaqtda kemadan tushirib qoldirilgan fuqarolarning keyingi taqdiri va ularga yetkazilgan moddiy yoki ma’naviy zararni qoplash masalalari bo‘yicha rasmiy muzokaralar davom etmoqda.

Kompaniya rahbariyati yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan izoh berar ekan, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli boshqa chora qolmaganini ta’kidladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish