Flik: «Bordalas haq, e'tiborni o'z jamoangga qaratgan ma'qul»

0
Flik: «Bordalas haq, e'tiborni o'z jamoangga qaratgan ma'qul»
Flik: «Bordalas haq, bor e'tiborni o'z jamoangga qaratgan ma'qul» «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik «Xetafe» ustozi Xose Bordalasning tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Flikni raqiblar o'yini haqida haddan tashqari ko'p gapirishda ayblagan edi. Shanba kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar nemis murabbiyidan ushbu vaziyatga izoh berishni so'rashdi.

Flikning ta'kidlashicha, hamkasbining gaplarida jon bor va murabbiy uchun o'z jamoasi ustuvor vazifa bo'lishi kerak. «Xulosa qiladigan bo'lsak, u haq — bor e'tiborni o'z jamoangga qaratganing ma'qul.

Biroq ba'zida o'yinlardan so'ng insonni his-tuyg'ular qamrab oladi. Bu tabiiy holat, hech qanday muammo ko'rmayapman», — dedi «Barselona» ustozi.

Kataloniyaliklar uchun safarda kechadigan «Xetafe»ga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi. Agar ushbu uchrashuvda «Barselona» g'alaba qozonsa, turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamlaydi.

Bunday holda, «ko'k-anorranglilar»ning eng yaqin ta'qibchisi — «Real Madrid» bilan o'rtadagi farq 11 ochkoga yetishi mumkin. Hozirda kataloniyaliklar chempionlik poygasida raqiblaridan sezilarli darajada o'zib ketish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari