Dimitri Paye professional futbolchilik faoliyatini yakunladi

0
Dimitri Paye professional futbolchilik faoliyatini yakunladi
Dimitri Paye futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi Fransiya terma jamoasi va "Marsel" klubining sobiq yarim himoyachisi Dimitri Paye futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'ydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Sportchi bu haqdagi qarorini bevosita futbol uchrashuvi vaqtida ma'lum qildi. Endilikda Paye nafaqat sportdan tashqaridagi hayoti, balki bir qator huquqiy muammolar bilan ham shug'ullanishiga to'g'ri keladi.

Xususan, ayni paytda sobiq futbolchiga nisbatan sud jarayonlari davom etmoqda. U sobiq ma'shuqasi Larissa Ferrariga nisbatan zo'ravonlik ishlatganlikda ayblanmoqda.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, Dimitri Paye faoliyati davomida "Marsel"dan tashqari, Angliya Premyer ligasining "Vest Xem" klubida ham to'p surgan va o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar e'tiboriga tushgan edi. Uning so'nggi jamoasi Braziliyaning "Vasko da Gama" klubi bo'ldi.

Biroq o'tgan yilning yozida Braziliya klubi faxriy futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Bir necha oy davomida klubsiz qolgan Paye yakunda professional faoliyatini butunlay yakunlashga qaror qildi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari