
Londonning “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiy lavozimiga yangi nomzod ko‘rmoqda. Xorijiy OAV xabariga ko‘ra, klub rahbariyati “Bornmut” jamoasining bosh murabbiyi Andoni Iraola bilan muzakara olib bormoqda. Mutaxassis Angliya chempionatida ko‘rsatgan natijalari va o‘yin uslubi “Chelsi” rahbariyatining e’tiborini qozongan.
Ispaniyalik murabbiy “Bornmut” jamoasida olgan tajribasi va jamoani rivojlantirgani uchun yuqori baholangan. U Liam Rozenyor lavozimidan ketganidan keyin “Stemford Brij” stadionidagi bosh murabbiylik lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzakaralar tez orada yakuniy bosqichga kirishi kutilmoqda.
“Chelsi” rahbariyati boshqa bir qator mutaxassislar bilan ham ko‘rib chiqishmoqda, ammo Andoni Iraolaning ko‘rsatgan natijalari unga ustunlik berayotganini xabar qilmoqda. Klub rasmiylari uning futbolga bo‘lgan yondashuvini va jamoani boshqarish qobiliyatini yuqori baholamoqda. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topishi holatida, Iraola “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.