"Bavariya" va "Barselona" dunyoning eng tomoshabop jamoalari deb topildi

0
"Bavariya" va "Barselona" dunyoning eng tomoshabop jamoalari deb topildi
«Bavariya» va «Barselona» dunyoning eng tomoshabop jamoalari deb topildi ESPN telekanali tahlilchilari futbol olamidagi eng jozibador va tomoshabop jamoalar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Mazkur ro‘yxatda Myunxenning «Bavariya» hamda Kataloniyaning «Barselona» klublari peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Har ikki jamoa o‘yin uslubi va ko‘rsatkichlari bo‘yicha 9,6 balldan jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Reytingning keyingi pog‘onasidan 9,5 ball bilan Madridning «Real» klubi joy oldi. Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan «PSJ», «RB Leypsig», «Lans», «Manchester Yunayted», «Monako», «Inter» va «Yuventus» kabi jamoalar ham o‘rin egallagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur reyting maxsus algoritm asosida shakllantirilgan. Bunda jamoalarning sermahsulligi, himoyadagi o‘yin intensivligi, uzatmalarning vertikalligi hamda kuchli raqiblarga qarshi namoyish etilgan o‘yin sifati kabi muhim jihatlar inobatga olingan.

Ushbu ko‘rsatkichlar jamoalarning nafaqat natija uchun, balki muxlislar uchun qanchalik chiroyli futbol o‘ynayotganini belgilab beradi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari