
Yevropa futbolidagi so‘nggi voqealar natijasida UEFA reytingining yetakchisi almashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Tarixiy ko‘rsatkichlar va joriy natijalar asosida tuzilgan ushbu klassifikatsiyaga ko‘ra, Myunxen «Bavariya»si Yevropaning eng kuchli klubi darajasiga ko‘tarildi. Nemis klubi reytingda Madrid «Real»ini ikki ball farq bilan ortda qoldirdi.
Ta’kidlash joizki, «Bavariya» aynan shu raqibni Chempionlar ligasining chorak final bosqichida mag‘lub etgan edi. Reytingning keyingi pog‘onalarida Angliyaning «Liverpul» klubi uchinchi o‘rinni egallagan.
To‘rtinchi o‘rinda esa oxirgi uch yil ichida ikki bor Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgan Milan «Inter»i joy oldi. Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan «PSJ» klubi beshinchi o‘rin bilan kifoyalandi, biroq u Angliyaning «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalaridan yuqoriroq turibdi.
Yevropaning eng yaxshi sakkiztalik ro‘yxatini esa Kataloniyaning «Barselona» klubi yakunlamoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0