
L'Equipe nashri jurnalisti Joze Barrosso Rossiya ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovning UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvidagi chiqishini yuqori baholadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Jurnalistning ta'kidlashicha, Safonov "Liverpul"ga qarshi o'yinda a’lo darajadagi mahorat namoyish etdi. Agar Parij klubi joriy mavsumda Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lsa, Matvey Safonov Yevropaning eng yaxshi darvozaboni deb tan slanishi mumkinligini qayd etdi.
Ushbu ma'lumotlarni "RB Sport" nashri xabar qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Parij jamoasi mehmonda "Liverpul" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ikki o'yin yig'indisi bo'yicha Luis Enrike shogirdlari raqibini 4:0 hisobida mag'lub etib, turnirning keyingi bosqichiga yo'llanma oldi. Chempionlar ligasining yarim final bosqichida "PSJ" Madridning "Real" klubini turnirdan chiqarib yuborgan Myunxen "Bavariya" jamoasi bilan to'qnash keladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0