
"Shtutgart" klubi markaziy himoyachisi Finn Yelch Yevropaning yetakchi jamoalari, jumladan, "Barselona"ning diqqat markazida bo'lib turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 20 yoshli futbolchini qishki transfer oynasi vaqtida tarkibga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ushbu himoyachining nomzodini ma'qullagan va uning o'yin uslubi jamoa falsafasiga mos kelishini ta'kidlagan. Shu bilan birga, transfer jarayonida ma'lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
"Shtutgart" rahbariyati o'z futbolchisi uchun 60 million yevrodan ortiq mablag' talab qilmoqda, bu esa "Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, iqtidorli himoyachiga "Liverpul", "Real Madrid", "Atletiko" va "Arsenal" kabi Yevropaning grand klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Finn Yelch joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi. Futbolchi o'zining ishonchli o'yini bilan ko'plab skautlar e'tiborini tortmoqda.






Izohlar
0