Toshkentda avtomobil oynalarini qoraytirish narxi arzonlashishi haqidagi xabarlar rad etildi

0
Toshkentda avtomobil oynalarini qoraytirish narxi arzonlashishi haqidagi xabarlar rad etildiO'zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirish narxi o'zgarmadi Ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan boshlab yozgi mavsum uchun 412 000 so'm evaziga "tonirovka" ruxsatnomasi berilishi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati vakili ushbu ma'lumotlar asossiz va haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qildi. Amaldagi tartibga ko'ra, transport vositalari oynalarining tusini o'zgartirish qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Hozirgi vaqtda old yon oynalarni qoraytirish uchun ruxsatnoma narxi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari, ya'ni 3 296 000 so'm miqdorida saqlanib qolmoqda. Mutasaddilarning ta'kidlashicha, ushbu to'lov miqdori bo'yicha hech qanday o'zgarish kiritilmagan.

Agar qonunchilikka yangiliklar kiritilsa, bu haqda rasmiy manbalar orqali xabar beriladi. Shu sababli fuqarolardan tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslik so'raldi.

Ma'lumot o'rnida, avtomobilning orqa yon va orqa oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Faqat old yon oynalar uchun yillik ruxsatnoma olish majburiydir.

Ushbu xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn rasmiylashtirgan haydovchilarga 10 foiz miqdorida chegirma beriladi. Ruxsatnomasiz oyna tusini o'zgartirganlik uchun BHMning 25 baravari, ya'ni 10 300 000 so'm miqdorida jarima qo'llanilishi belgilangan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top O'zbekiston yangiliklari