
Aktrisa Muxlisa Boboqulova Omon-Omon ko‘rsatuvida shaxsiy hayoti, xususan, turmush qurish borasidagi qarashlari va sovchilar masalasiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dastur davomida aktrisaga qo‘shnilari tomonidan sovchilarning qadami uzilmayotgani haqidagi fikrlar bildirilgach, nega aynan ularga rad javobini berayotgani yuzasidan savol yo‘llandi. Muxlisa Boboqulova bu boradagi mulohazalarini bayon qilar ekan, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday fazilatlarga ega bo‘lishini istashini alohida ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ijodkor insonlar ko‘ngli nozik bo‘ladi, shu sababli ham u o‘zining ichki dunyosini tushunadigan, qalbiga yaqin bo‘lgan shaxs bilan hayotini bog‘lashni maqsad qilgan. Aktrisa uchun shunchaki turmush qurish yoki oila qurish uchun oila qurish muhim emas, balki o‘zaro hamfikrlik va ruhiy yaqinlik birinchi o‘rinda turadi.
Uning fikricha, insonlarning turmush qurishga bo‘lgan yondashuvi jiddiy bo‘lishi hamda tanlovda shoshilmaslik kerak. Shu boisdan, aktrisa o‘zining hayotiy tamoyillariga mos keladigan insonni uchratmagunicha, bu masalada qat’iyatli bo‘lib qolishini bildirib o‘tdi.






Izohlar
0