Mashhur xonanda Jennifer Lopes 57 yoshga to‘ldi

0
Mashhur xonanda Jennifer Lopes 57 yoshga to‘ldi

1969 yil 24 iyul sanasida AQSHning Nyu-York shahrida dunyoga kelgan mashhur xonanda va aktrisa Jennifer Lopes bugun o‘zining 57 yillik tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San’at olamidagi ilk qadamlarini raqqosa sifatida tashlagan ijodkor, 1997 yilda ekran yuzini ko‘rgan Selena nomli biografik filmdagi bosh roli orqali Gollivud kino sanoatida katta muvaffaqiyatga erishdi. Mazkur rol unga nafaqat tanilish, balki professional aktrisalik faoliyatida yangi ufqlarni ochib berdi.

Kino sohasidagi yorqin muvaffaqiyatlaridan so‘ng, Jennifer Lopes musiqiy yo‘nalishda ham o‘z kuchini sinab ko‘rishga qaror qildi. Uning ijodiy salohiyati va sahnadagi o‘ziga xos uslubi tez orada xalqaro miqyosdagi e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Xonanda o‘z faoliyati davomida On the Floor, Let's Get Loud hamda Jenny from the Block kabi ko‘plab xit taronalarni tinglovchilar e’tiboriga havola etib, zamonaviy pop madaniyatining eng nufuzli vakillaridan biriga aylandi. Bugungi kunda ham u san’atning turli yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatib, millionlab muxlislar qalbidan joy egallashda davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari