Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi maktab direktori pora olishda aybdor deb topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Unga sud tomonidan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etildi. Jinoyat ishi materiallariga koʻra, rahbar ishdan boʻshatilgan xodimni qayta ishga joylashtirish evaziga 2 million soʻm miqdorida pora talab qilgan.
Dastlab, ayblanuvchi 1 million soʻm naqd pul va bank plastik kartasini olgan, soʻngra kartadagi qolgan mablagʻni ham naqdlashtirgan. Sud Termiz tuman maktab direktorni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) boʻyicha javobgarlikka tortdi.
Shuningdek, sud hukmi bilan uni 2 yil muddatga maʼmuriy lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish belgilandi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0