Sem Benkman-Frid Donald Trampdan o‘zini afv etishni so‘radi

0
FTX kriptovalyuta birjasi asoschisi Sem Benkman-Frid AQSH prezidenti Donald Trampga rasmiy murojaat yo'llab, o'zini afv etishni so'radi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur jarayon haqidagi ma'lumotlar Adliya vazirligining Afv etish masalalari bo'yicha prokuratura idorasi rasmiy veb-saytida e'lon qilindi. Techcrunch.com nashrining keltirishicha, ushbu iltimosnoma qonuniy tartibda ko'rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Eslatib o'tamiz, Sem Benkman-Frid 2024-yilda yirik miqyosdagi firibgarlik hamda pul yuvish bilan bog'liq jinoyatlarda aybdor deb topilgan edi. Sud qaroriga ko'ra, u 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Hozirgi kunda uning ushbu jazoni o'tash muddatini qisqartirish yoki bekor qilish bo'yicha qilgan murojaati jamoatchilik va huquqshunoslar diqqat markazida turibdi. Hukumat idoralari mazkur so'rov yuzasidan hali yakuniy qaror qabul qilmagan.

Bankman-Fridning advokatlari o'z himoyalaridagi shaxsning ishini qayta ko'rib chiqish uchun barcha mavjud huquqiy imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqda. Mazkur voqealar rivoji kriptovalyuta bozoridagi eng shov-shuvli sud jarayonlaridan birining navbatdagi bosqichi sifatida baholanmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari