Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatilmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi hududida og‘ir ahvolda qolgan va o‘zini Namangan viloyati fuqarosi deb tanishtirgan Baxtiyor Mo‘minov ishtirokidagi videolavha keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyatni atroflicha o‘rganish va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli chora-tadbirlar boshlab yuborilgan.

Xususan, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari mazkur masalani nazoratga olishgan. Hozirgi vaqtda mas’ul idoralar vakillari Baxtiyor Mo‘minovning aniq turgan joyini aniqlash hamda uning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Konsullik xodimlari tomonidan fuqaroning sog‘lig‘i va yashash sharoitlari yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Rasmiylar vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar o‘rganishlar yakuniga ko‘ra taqdim etilishini ma’lum qildi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish