Raqobat qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda odob-axloq normalariga zid reklamalar uchun choralar koʻrdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Instagramdagi “aykous_sekret”, “dom_penyuar”, “shiray shop”, “nargizem_shop” va “arzon hostel” sahifalaridagi videolar tahlil qilindi. Tahll natijalariga koʻra, reklamalar jamoatchilikda qabul qilingan maʼnaviy qoidalarga mos kelmasligi aniqlandi.
Tekshiruvlar natijasida “aykous_sekret” va “dom_penyuar” doʻkonlari rahbarlari boʻyicha “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunni buzganlikl “shiray shop”, “nargizem_shop” va “arzon hostel” sahifalari boʻyicha esa maʼmuriy hujjatlar tuzilib, sud organlariga yuborildi. Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, reklamada milliy qadriyatlar va axloqiy meʼyorlarni buzish qatiyan man etilgan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0