Markaziy bank 23 aprel kuni boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning yangi kursini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bunga ko‘ra, AQSh dollari 18,06 so‘mga pasayib, 12 042,49 so‘mga tenglandi. Yevro 35,69 so‘mga arzonlashib, 14 147,52 so‘mga, Britaniya funt sterlingi 2,71 so‘mga tushib, 16 282,65 so‘mga belgilandi.
Rossiya rubli 160,55 so‘mni tashkil etib, 0,77 so‘mga arzonladi. Shveysariya franki 50,84 so‘mga pasayib 15 415,37 so‘mga, Xitoy yuani 4,48 so‘mga kamayib 1 764,91 so‘mga, Yapon iyenasi esa 0,18 so‘mga arzonlab, 75,57 so‘mga tushdi.
Ushbu kurslar bank operasiyalari va bojxona to‘lovlari uchun asosiy me’yor hisoblanadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0