Kunduzgi uyqu rejimi inson salomatligi va umr davomiyligiga ta’sir qiladi

0
MSN nashrining ma’lum qilishicha, kunduzgi uyquning davomiyligi va uning qanchalik tez-tez takrorlanishi salomatlik holati, xususan, erta o‘lim xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Garvard universiteti tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan yangi ilmiy ish doirasida kunning yorug‘ qismida, ya’ni soat 09:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uxlash odatiga ega kishilarning ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Mazkur tadqiqot jarayoniga 56 yoshdan oshgan 1400 nafarga yaqin inson jalb etilib, ularning hayot tarzi 20 yil davomida kuzatuv ostida bo‘ldi.

Kuzatuvlar yakuniga ko‘ra, ushbu guruh vakillaridan 926 nafari, ya’ni ishtirokchilarning taxminan uchdan ikki qismi vafot etgani aniqlandi. Olimlar mazkur statistik ma’lumotlar asosida kunduzgi uyquning organizmga ta’siri hamda u bilan bog‘liq xavf omillarini chuqurroq o‘rganish maqsadida o‘z tahlillarini davom ettirmoqdalar.

Ushbu natijalar keksayish jarayonida uyqu rejimining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini yana bir bor ko‘rsatib beradi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari