Koinotda rux asosidagi yangi turdagi dvigatel muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Koinotda rux asosidagi yangi turdagi dvigatel muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Muon Space kompaniyasi kosmik texnologiyalar sohasida muhim yutuqqa erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashkilot tarixda ilk bor qattiq holatdagi ruxni ishchi tana sifatida qo‘llagan Xoll dvigatelini koinot sharoitida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Ixbt.com nashrining ma’lum qilishicha, Starlight deb nomlangan ushbu qurilma o‘z imkoniyatlarini birinchi urinishdayoq namoyish etgan.

Sinov jarayonida dvigatel ishga tushib, kosmik apparatning harakat traektoriyasini belgilangan tartibda o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu texnologik jarayon Yerosti kuzatuv stansiyalari tomonidan to‘liq qayd etilib, uning samaradorligi ilmiy jihatdan tasdiqlandi.

An’anaviy dvigatellardan farqli o‘laroq, rux elementidan foydalanish kosmik apparatlarni boshqarishda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Mazkur muvaffaqiyatli tajriba koinotni tadqiq etishda yangi bosqichni boshlab berib, yaqin kelajakda sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa kosmik qurilmalarning ishlash muddatini uzaytirish hamda ularni boshqarish tizimlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Muon Space mutaxassislari erishilgan natijalarni yuqori baholamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish