
Ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida Buxoro viloyatida voyaga yetmagan qizga nisbatan nomunosib va uyatsiz harakatlar sodir etilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur holat jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Agentlik tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur noxush hodisa joriy yilning 23 oktyabr kuni Qorako‘l tumanida yuz bergan.
Aniqlanishicha, fuqaro Sh.R. 2018 yilda tug‘ilgan qizaloqqa nisbatan buzuq harakatlar sodir etgan.
Ayni damda ushbu voqea yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bolaning xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish maqsadida vaziyat maxsus nazoratga olingan.
Mutasaddilar mazkur holat bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qilishdi. Hozirgi vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda va ishning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.






Izohlar
0