iPhone foydalanuvchilari internetga ulanmasdan to'lov qilish imkoniyatiga ega bo'ldi
«T-bank» mijozlari iPhone smartfonlari orqali internet aloqasiz xaridlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bank vakillari ushbu texnologiya amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilganini tasdiqladi. Ixbt.com nashrining yozishicha, yangi tizim «Vjux» servisi negizida ishlab chiqilgan bo'lib, ma'lumot uzatish uchun Bluetooth texnologiyasidan foydalanadi.
Mazkur yechim foydalanuvchilarga tarmoq aloqasi bo'lmagan sharoitda ham kontaktsiz to'lovlarni bajarish imkonini beradi. Hozirgi bosqichda oflayn operatsiyalar «Sberbank»ning biometrik terminallari orqali yo'lga qo'yildi.
Rejaga ko'ra, 2026 yilning birinchi yarmi yakuniga qadar ushbu funksiya «T-bank» va «Alfa-bank» terminallarida ham joriy etiladi. Infratuzilmaning bunday kengayishi xizmatdan foydalanish ko'lamini sezilarli darajada oshirishi ta'kidlangan.
Statistik ma'lumotlar Bluetooth orqali to'lov tizimiga talab yuqori ekanini ko'rsatmoqda. iPhone egalari hozirga qadar ushbu usulda 45 mln martadan ortiq tranzaksiyani amalga oshirib, jami 31 mlrd rubl sarflashgan.
Bu jarayonda bitta xaridning o'rtacha summasi taxminan 670 rublni tashkil etmoqda.