«Renn» o'z maydonida «Nant» ustidan g'alaba qozondi

0
«Renn» o'z maydonida «Nant» ustidan g'alaba qozondi
Fransiya chempionatining 31-turi doirasida «Renn» jamoasi o'z maydonida «Nant»ni qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bahs maydon egalarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq faollik ko'rsatgan «Renn» futbolchilari 8-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Esteban Lepol penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida mehmonlar muvozanatni tiklashdi.

Nikolya Kottsa tomonidan yetkazib berilgan to'pni Ignatius Ganago darvozaga joylab qo'ydi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida yo'l oldilar. O'yinning asosiy vaqti yakunlanayotgan bir paytda, 90-daqiqada Valentin Ronjye gol urib, «Renn»ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Renn» ochkolari sonini 56 taga yetkazib, Fransiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Mag'lubiyatga uchragan «Nant» jamoasining ahvoli esa og'irlashishda davom etmoqda.

Ayni paytda «kanareyalar» 20 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi pog'onalarida, ya'ni 17-o'rinda bormoqda. Jamoaning yuqori divizion — Liga 1 dagi o'rnini saqlab qolish imkoniyatlari borgan sari pasayib bormoqda.

Uchrashuv «Roazon Park» stadionida bo'lib o'tdi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari