HMD 102 2G tugmachali telefonining texnik xususiyatlari e'lon qilindi

0
HMD 102 2G tugmachali telefonining texnik xususiyatlari e'lon qilindiHMD 102 2G tugmali telefonining texnik xususiyatlari e'lon qilindi Insayder smashx_60 tez orada bozorga chiqishi kutilayotgan HMD 102 2G telefonining texnik parametrlarini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining xabar berishicha, qurilma klassik dizaynda ishlangan bo'lib, kundalik oddiy funksiyalardan foydalanuvchilar ommasiga mo'ljallangan. Yangi model 1,8 dyuymli IPS-ekran bilan jihozlangan bo'lib, uning aniqligi 160 x 128 pikselni tashkil etadi.

Shuningdek, telefon korpusidan oddiy QVGA-kamera o'rin olgan. Qurilmaning asosiy texnik jihatlaridan biri sifatida 1000 mAs sig'imga ega olinadigan akkumulyator ko'rsatilgan.

Telefon S30+ operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi hamda 32 GBgacha hajmdagi microSD xotira kartalarini qo'llab-quvvatlaydi. Qo'shimcha imkoniyatlar qatorida Micro USB 1.1 porti, MP3-pleer, FM-radio va 3,5 mm hajmli quloqchin ulagichi mavjud.

HMD 102 2G qurilmasi ikki sim-kartali rejimda ishlashga moslashgan bo'lib, faqat 2G tarmoqlarini qabul qiladi. Ta'kidlash joizki, ushbu insayder bundan avval HMD 150 4G va HMD Icon Flip 1 modellari haqidagi ma'lumotlarni ham ochiqlagan edi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari